Mualliflik huquqi va litsenziyalash to'g'risidagi bayonot

Mualliflik huquqi va litsenziya

Mualliflik huquqi. «Milliy madaniyat jurnali»da maqola chop etgan mualliflar o‘z maqolalariga bo‘lgan mualliflik huquqini cheklovsiz saqlab qoladilar va jurnalga birinchi nashr huquqini beradilar.

Litsenziya. Barcha maqolalar ochiq kirishda Creative Commons «Atributsiya — Notijorat — Hosila asarlarsiz» 4.0 Xalqaro (CC BY-NC-ND 4.0) litsenziyasi asosida nashr etiladi. Har qanday o‘quvchi to‘liq matnlarni bepul o‘qishi, yuklab olishi, nusxalashi, chop etishi, tarqatishi va ularga havola berishi mumkin: bunda mualliflar va jurnaldagi dastlabki nashr ko‘rsatilishi, materialdan tijorat maqsadida foydalanilmasligi va u o‘zgartirilmasligi shart.

Mualliflar maqolaning nashr etilgan versiyasini institutsional va tematik repozitoriylarda hamda shaxsiy saytlarda dastlabki nashrga va uning DOI raqamiga to‘liq havola bilan joylashtirishlari mumkin. Huquq egasi va litsenziya har bir maqola sahifasida ko‘rsatilgan.

Mualliflik


Muallif deb har bir shaxs (hammuallif) hisoblanadi, u tadqiqotda va qoʻlyozmani yaratishda ishtirok etgan hamda uning mazmuni uchun javobgar boʻlgan. Retsenziya va tahrirdan soʻng qoʻlyozmaga kiritilgan barcha oʻzgarishlarni mualliflar jamoasi bilan kelishish va mualliflar roʻyxatini toʻliq ko‘rsatish uchun mas’uliyatni qoʻlyozmani tahririyatga taqdim etayotgan muallif zimmasiga oladi.

Mualliflik quyidagi mezonlarga asoslanadi:

  1. Muallif tadqiqot konsepsiyasi va tuzilmasini ishlab chiqish, ma’lumotlarni yigʻish, tahlil qilish va talqin etishda muhim hissa qoʻshgan.
  2. Muallif maqolaning dastlabki matnini yozgan va uni puxta tahrir qilgan.
  3. Muallif maqolaning yakuniy versiyasini tasdiqlagan.
  4. Muallif qoʻlyozmaning barcha qismlari yaxlitligi uchun javobgar.

Mualliflar taqdim etayotgan qoʻlyozma original ish ekanini kafolatlaydilar.
Muayyan muammoga oid ilmiy sharhlar ob’ektiv boʻlishi, mavzuni keng kontekstda qamrab olishi va bir vaqtning oʻzida muallif nuqtai nazarini aks ettirishi lozim.

Ilmiy nashrlar muallifligi har bir shaxsning tadqiqotga qoʻshgan hissasini aniq aks ettirishi kerak, mualliflar haqida toʻliq ma’lumot berilishi shart.

Mualliflar, haqiqatda ishda ishtirok etmagan yoki yordam bermagan shaxslarga minnatdorchilik bildirish orqali oʻquvchilarni chalgʻitmasliklari lozim. Boshqa barcha ishga yordam bergan, ammo muallif bo‘lmaganlar, “Minnatdorchilik” boʻlimida ularga koʻrsatgan yordami bilan tilga olinishi mumkin.

Mualliflar ushbu maqoladagi har bir muallifning hissasini tavsiflab berishlari kerak.
Mualliflar roʻyxati hammualliflar tomonidan birgalikda kelishilgan boʻlishi kerak. Ular nima sababdan aynan shu tartibda koʻrsatilganini tushuntirishga tayyor boʻlishlari lozim.

Mualliflikni toʻgʻri aniqlash uchun javobgarlik mualliflarning oʻzlari zimmasida boʻlib, ular oʻz muassasalari qoidalariga rioya qilgan holda harakat qilishlari lozim.

Tadqiqotchilar faqat haqiqiy hissa qoʻshgan shaxslarni muallif sifatida koʻrsatishlari va mualliflikka loyiq bo‘lganlar roʻyxatdan chiqarib yuborilmasligini kafolatlashlari zarur.

Barcha mualliflar mualliflar tartibini tan oladilar, qoʻlyozmaga boshqa shaxslarni kiritmaslikka rozilik bildiradilar va faqat mualliflik nizosi asosida maqolani qaytarib olishga urinishmaydi.

Barcha mualliflik huquqlari (preprint, postprint va yakuniy nashr) mualliflarda qoladi va hech kimga oʻtkazilmaydi. Ilmiy maqolalarning PDF-versiyalari Attribution Non-Commercial No Derivatives (CC BY-NC-ND) litsenziyasi asosida ochiq foydalanishga taqdim etiladi.

PREPRINT
Journal of National Culture (JNC) ilgari preprint serverlarida e’lon qilingan maqolalarni koʻrib chiqadi. Bunday versiyaga mualliflik huquqi odatda muallifda qoladi. Maqolaning preprint-serverda joylashtirilishi ikki karra nashr sifatida qabul qilinmaydi va jurnal tomonidan koʻrib chiqilishi uchun toʻsqinlik qilmaydi.

Agar siz maqolangizni preprint-serverga joylashtirgan boʻlsangiz, maqola nashrga qabul qilingandan soʻng quyidagicha yozuvni qoʻshing:
"Ushbu maqola Journal of National Culture tomonidan [YIL, SON] da nashr etilishi uchun qabul qilingan."

Maqolangiz jurnalimizda nashr etilgach, iltimos, preprint-serverdagi ma’lumotni yangilang va quyidagi matnni qoʻshing, shunda oʻquvchilar yakuniy nashr versiyasini koʻrishlari va iqtibos olishlari oson boʻladi:
"Bu Journal of National Culture jurnalida [YIL, SON] [nashr sanasi] kuni chop etilgan maqolaning original qoʻlyozmasidir, onlayn mavjud: [maqolaning DOI raqami]."

POSTPRINT
Retsenziyadan oʻtgan, lekin hali sahifalanmagan va tahrir qilinmagan maqolalarning postprint versiyasini maqola nashr etilgandan keyin shaxsiy saytingizda joylashtirish mumkin (masalan, Facebook, Google, LinkedIn, Twitter kabilarda).

Agar siz maqolani institut yoki mavzuli repozitoriyda, yoki ilmiy hamkorlik tarmogʻida (masalan, Mendeley) joylashtirmoqchi boʻlsangiz, embargo amal qiladi. Embargo muddati maqolaning yakuniy nashri (Version of Record) onlayn e’lon qilingan kundan boshlanadi va 6 oy davom etadi. Shu davr mobaynida postprint ochiq kirishda boʻlmasligi kerak.

VERSION OF RECORD – YAKUNIY NASHR
Bu maqolangizning tahrirlangan, sahifalangan, metadata kiritilgan va DOI raqam ajratilgan yakuniy va iqtibos qilinadigan versiyasidir. Bu versiya JNC jurnalida chop etiladi.

Ushbu yakuniy nashr versiyasi maqolaning veb-sahifasi yoki PDF faylining birinchi sahifasida keltirilgan iqtibos formati orqali erkin tarqatilishi va chop etilishi mumkin.

PDF, .rtf, .doc va boshqa formatlarda JNCga taqdim etilgan fayllar Attribution Non-Commercial No Derivatives (CC BY-NC-ND) litsenziyasi asosida onlayn nashr qilinadi. Bu litsenziya maqolalarni mualliflikni koʻrsatgan holda yuklab olish va tarqatishga ruxsat beradi, biroq ularni oʻzgartirish yoki tijorat maqsadida foydalanish taqiqlanadi.

Har bir muallif JNC jurnaliga oʻz maqolasini e’lon qilishga ruxsat beradi. Aniq qilib aytganda, har bir muallif jurnalga Attribution Non-Commercial No Derivatives (CC BY-NC-ND) litsenziyasini beradi, shart shuki maqola foyda olish uchun sotilmasin va boshqalarga ham shunday ruxsat beriladi.

  • Non-Commercial (Tijoratga qarshi) – Materialdan tijorat maqsadida foydalanish mumkin emas.
  • No Derivatives (Hosilaviy asarlar yo‘q) – Agar siz materialni tahrirlatsangiz, oʻzgartirsangiz yoki asos qilib olsangiz, oʻzgartirilgan versiyani tarqatish mumkin emas.

Mazkur siyosat yakka holda yoki hammualliflikda yozilgan barcha ilmiy maqolalarga taalluqlidir.

Har bir muallif maqolani jurnalga yuborishdan avval, oʻz maqolasining preprint versiyasini PDF yoki MS Word formatida bepul holda Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa san’ati instituti repozitoriyasiga joylashtirishi lozim: www.uzmmsi.uz