Maxfiylik Bayonoti

Jurnal saytida kiritilgan ismlar, elektron pochta manzillari va boshqa shaxsiy ma’lumotlar faqat jurnal ishi uchun ishlatiladi: qo‘lyozmalarni ko‘rib chiqish, taqriz, nashr va mualliflar bilan aloqa. Ular boshqa maqsadlarda uchinchi shaxslarga berilmaydi.

Nashr etilgan maqolalar mualliflarining ismlari, ish joylari va ORCID raqamlari maqolaning ochiq metama’lumotlari tarkibiga kiradi va indekslash tizimlariga (Crossref, Google Scholar va boshqalar) uzatiladi.

Taqriz ikki tomonlama yashirin: mualliflar va taqrizchilar bir-birining ismini bilmaydi. Muharrirlar, mualliflar va taqrizchilar o‘rtasidagi yozishmalar tahririy tizimda saqlanadi va maxfiy qoladi.

Shaxsiy ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq qayta ishlanadi. Ma’lumotlaringizni tuzatish yoki o‘chirish uchun jnculture@yandex.com manziliga yozing.

Maqolani yuborish orqali muallif jurnalning Maxfiylik siyosati, Mualliflik huquqi va litsenziya to‘g‘risidagi bayonot hamda Nashr etikasi to‘g‘risidagi bayonotni qabul qiladi.