Tuzatishlar va maqolani qaytarib olish
Jurnal COPE ning maqolani qaytarib olish bo‘yicha tavsiyalariga amal qiladi.
Tuzatish
Umuman ishonchli maqolaning kichik qismida xato bo‘lsa e’lon qilinadi: ma’lumotlar, havola, ism, muallifning ish joyi yoki sahifa raqamlari. Tuzatish haqidagi xabar keyingi sonda maqolaga havola bilan chiqadi; maqolaning Crossref dagi metama’lumotlari yangilanadi.
Qaytarib olish (retraksiya)
Maqola quyidagi hollarda qaytarib olinadi:
- xato, ma’lumotlarni soxtalashtirish yoki to‘qib chiqarish tufayli natijalari ishonchsiz bo‘lsa;
- plagiat, jumladan o‘z matnini qayta ishlatish aniqlansa;
- maqola boshqa nashrda allaqachon chop etilgan bo‘lsa;
- unda ruxsatsiz foydalanilgan materiallar yoki ma’lumotlar bo‘lsa;
- mualliflik noto‘g‘ri ko‘rsatilgan yoki taqriz jarayoni buzilgan bo‘lsa.
Qaytarib olingan maqola saytda “QAYTARIB OLINGAN” belgisi va qaytarib olishni kim va nima sababdan boshlagani ko‘rsatilgan xabar bilan qoladi. Unga berilgan havolalar kuzatilishi uchun maqola o‘chirilmaydi.
Xavotir bildirish
Tahririyatda maqola bo‘yicha jiddiy shubhalar bo‘lsa va tekshiruv hali tugamagan bo‘lsa e’lon qilinadi.
Qanday xabar berish mumkin
O‘z maqolasida xato topgan mualliflar va maqola bo‘yicha shubhasi bor o‘quvchilar jnculture@yandex.com manziliga yozadilar.


