Milliy cholgʻu va zamonaviy kompozitorlik tafakkuri: Mustafo Bafoevning «Tanbur va orkestr uchun konserti» misolida
National instruments and modern compositional thought: the example of Mustafa Bafoev's "Concerto for Tanbur and Orchestra"
DOI:
https://doi.org/10.64681/wyqg4417Kalit so‘zlar:
Mustafo Bafoyev, milliy cholg‘ular, tanbur, simfonik orkestr, zamonaviy kompozitorlik tafakkuri, o‘zbek musiqasi, maqom an’analari, konsert janri, musiqiy dramaturgiya, modallikAnnotatsiya
Mazkur maqolada milliy cholg‘ularning zamonaviy kompozitorlik tafakkuridagi badiiy-estetik o‘rni hamda ularning akademik musiqa janrlari doirasida yangi ifoda imkoniyatlariga ega bo‘lish jarayoni o‘zbek kompozitori Mustafo Bafoyevning «Tanbur va simfonik orkestr uchun konsert» asari misolida yoritiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi milliy musiqiy meros va zamonaviy kompozitorlik uslublari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni aniqlash, tanbur cholg‘usining o‘ziga xos tembr, ohang, ritm va ijrochilik imkoniyatlarining simfonik orkestr bilan uyg‘unlashuv xususiyatlarini musiqiy-nazariy jihatdan tahlil qilishdan iborat. Maqolada o‘zbek xalq cholg‘ularining tarixiy-madaniy ahamiyati, professional kompozitorlik maktabining shakllanishi jarayonida milliy cholg‘ularning simfonik musiqa, konsert janri va boshqa akademik shakllarga kirib kelishi masalalariga ham e’tibor qaratiladi. Tadqiqot doirasida Mustafo Bafoyev ijodining milliy an’analar va zamonaviy musiqiy tafakkur uyg‘unligini namoyon etuvchi jihatlari ko‘rib chiqiladi. Xususan, kompozitorning maqom an’analari, xalq musiqasi intonatsiyalari va milliy ritmik xususiyatlarni zamonaviy kompozitsion vositalar bilan birlashtirish tamoyillari tahlil etiladi. Asarning musiqiy tili modallik, zamonaviy akkord tuzilmalari, xromatizm, alteratsiya, imitatsiya, kontrapunkt va polifonik qatlamlarning o‘zaro munosabati nuqtayi nazaridan yoritiladi. Shuningdek, tanbur va orkestr o‘rtasidagi dialogik munosabatlar, tembrlar qarama-qarshiligi, musiqiy fakturaning shakllanishi hamda dramatik rivojlanish jarayonlari ko‘rib chiqiladi.
Foydalanilgan adabiyot
Bafoyev, M. Ruboiyyot va kompozitorlik ijodiyoti [Rubaiyat and Compositional Creativity]. Toshkent, 2008. (in Uzbek)
Yanov-Yanovskaya, N. S. Istoriya uzbekskoy sovetskoy muzyki [History of Uzbek Soviet Music]. Vol. 3. T.: G‘afur G‘ulom, 1991. (in Russian)
Golovyans, T. A. O‘zbekiston kompozitorlari va musiqashunoslari [Composers and Musicologists of Uzbekistan]. Toshkent, 2019. (in Uzbek)
Azimova, O. N. Zamonaviy garmoniya [Contemporary Harmony]. Toshkent, 2008. (in Uzbek)
Isayev, U. Z. “The Importance of Folk Instruments in the Work of Uzbekistan Composers: On the Example of the Work of Mustafo Bafoev.” International Journal of Pedagogics 5, no. 04 (2025): 36–38. https://doi.org/10.37547/ijp/Volume05Issue04-11.
Yuklamalar
Nashr qilingan
Nashr
Bo'lim
Litsenziya

Ushbu ish Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 Xalqaro Litsenziyasi ostida litsenziyalangan.

