Buxoro teatrida rejissyorlik izlanishlari va aktyorlik mahorati: Ubaydullo Baqoyevning “Revizor” spektakli misolida

Directorial Innovations and Acting Mastery at the Bukhara Theatre: A Case Study of Ubaydullo Baqoyev’s Production of “The Government Inspector”

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.64681/zjmgdm50

Kalit so‘zlar:

Buxoro teatri, Ubaydullo Baqoyev, Nikolay Gogol, “Revizor”, rejissyorlik san’ati, aktyorlik mahorati, klassik dramaturgiya, satirik obraz, sahnaviy talqin

Annotatsiya

Maqolada XX asrning ikkinchi yarmida Buxoro viloyati musiqali drama teatrida rejissyorlik izlanishlari va aktyorlik mahoratining rivojlanishi Ubaydullo Baqoyev tomonidan 1976-yilda sahnalashtirilgan Nikolay Vasilyevich Gogolning “Revizor” komediyasi misolida o‘rganiladi. Tadqiqotning maqsadi mazkur spektaklning teatr repertuaridagi tarixiy o‘rnini aniqlash, klassik dramaturgiyani sahnada talqin etish bilan bog‘liq ijodiy vazifalarni ochib berish hamda rejissyor va aktyor hamkorligining ahamiyatini yoritishdan iborat. Teatr tarixiga oid tadqiqotlar, repertuar ma’lumotlari va davriy matbuot materiallari tarixiy-qiyosiy hamda dramaturgik tahlil asosida o‘rganiladi. Aminjon Akobirov ijodiy an’analarining keyingi avlod rejissyorlari faoliyati bilan aloqasi, shuningdek, “Revizor”ning Buxoro sahnasida turli yillarda sahnalashtirilishi masalalari ko‘rib chiqiladi. Jafar G‘ulomov ijro etgan Anton Antonovich, Muhammad Rafiqov yaratgan Xlestakov va Fayzulla Abdullayev talqinidagi Osip obrazlarining dramaturgik xususiyatlari, satirik xarakterlar o‘rtasidagi munosabatlar hamda jamoaviy ijroning badiiy vazifalari tahlil qilinadi. Bunda tarixiy manbalarda keltirilgan ma’lumotlar bilan dramaturgik tahlil asosidagi mualliflik xulosalari o‘zaro farqlanadi. Tadqiqot natijasida mazkur spektakl Buxoro teatrida klassik dramaturgiyani o‘zlashtirish, rejissyorlik qarashlarining rivojlanishi va aktyorlik san’atining ijodiy imkoniyatlarini o‘rganishda muhim tarixiy-badiiy ahamiyatga ega ekani asoslanadi.

Foydalanilgan adabiyot

Tursunov, T. XX asr o‘zbek teatr tarixi (1900–2007) [History of Twentieth-Century Uzbek Theatre (1900–2007)]: Darslik-monografiya. Tashkent: Art Press, 2010. (in Uzbek)

G‘aybulloyev, B. “Buxoro viloyati musiqali drama teatri rivojida Aminjon Akobirov rejissurasining o‘rni [The Role of Aminjon Akobirov’s Directing in the Development of the Bukhara Regional Musical Drama Theatre].” Madaniyat va san’at, no. 2 (2023): 7–12. (in Uzbek)

Toshpo‘lat Hamid. “Toshbolta oshiq [Toshbolta in Love].” Buxoro haqiqati, May 1962, no. 94 (10 567). (in Uzbek)

Kamolov, J. “Gamlet – Buxoro sahnasida [Hamlet on the Bukhara Stage].” Buxoro haqiqati, May 1968, no. 60 (11 879). (in Uzbek)

Xalilov, A. “Revizor bilan yangi uchrashuv [A New Encounter with The Government Inspector].” Buxoro haqiqati, March 10, 1976, no. 4. (in Uzbek)

Yuklamalar

Nashr qilingan

2026-09-04

Nashr

Bo'lim

Teatr

How to Cite

G‘aybulloyev, B. (2026). Buxoro teatrida rejissyorlik izlanishlari va aktyorlik mahorati: Ubaydullo Baqoyevning “Revizor” spektakli misolida: Directorial Innovations and Acting Mastery at the Bukhara Theatre: A Case Study of Ubaydullo Baqoyev’s Production of “The Government Inspector”. Milliy Madaniyat Jurnali, 2(3), 296-308. https://doi.org/10.64681/zjmgdm50